Termizdan Saljuqiylarga oid oltin dinori topildi

Madaniyat-san’at

image

Termizdan Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari, oltin dinori topildi. Topilma muzeyga topshirildi Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgan. Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonini dastlabki  ish jarayonin olib borgan. Bog‘dan nafaqat dinor, balki Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari topilgan. 

Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan, shundan so‘ng unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berilgani aytilmoqda. 

Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan. 

“Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normo‘minov “Alloh” va “Muhammad” so‘zlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan. Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”, kumush tangalar “dirham” deb atalar edi”, deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev. 

Termiz o‘zining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar o‘rtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar ob’ektiga aylangan. X asrning ikkinchi yarmida shahar qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar joyiga aylangan. Bu hukmdorlar bir-birlari bilan bo‘lgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar To‘g‘rulbek va Chag‘rilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar. 

Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil to‘ladi. 20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing