Termizdan davlatlararo avtokarvon yo‘lga chiqdi
Jamiyat
−
12 avgust 2019
393311 avgust kuni Termizdan “O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” yo‘nalishida yangi transport koridori bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi.
Avtokarvon O‘zbekiston va Tojikistondan Xitoyga yuklarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyatlari va tranzit salohiyatining mavjud biroq to‘liq foydalanilmayotgan quvvatlarini namoyon etib beradi.
“Termiz — Dushanbe — Qashg‘ar”yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan ushbu avtokarvon O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 6 apreldagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Avtokarvonda har uch davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etishmoqda. Bugun “Termez Cargo Centr” logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil “Termiz (O‘zbekiston) – Dushanbe, Vahdat, Ko‘lob, Qal’ai Xumb, Xorug‘, Kulma (Tojikiston ) – Qashg‘ar (Xitoy ) yo‘nalishida harakatlanib umumiy hisobda 1 ming 422 kilometr masofani bosib o‘tadi.
LiveBarchasi