Termizdagi yong‘in qayerdan chiqdi? Rasmiy axborot berildi
Jamiyat
−
08 fevral 2023
14130Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida osmonni qora bulut qoplagani, shaharda yirik yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar va suratlar tarqaldi. Ushbu holatga nisbatan Surxondaryo viloyati hokimligidan rasmiy bayonot berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hashorotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan.
“Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma’lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabarida.
LiveBarchasi