Termizdagi “Alpomish” majmuasining tomi qulab tushdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasining tomi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan Qurilish vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 5 may kuni Termiz shahri Alpomish mahallasi Navbahor ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi binosida texnogen tusdagi favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan:

  • majmuadagi kurash zalining umumiy maydoni 2 800 metr kvadrat bo‘lib, hozirgi kunda kurash zali tomining taxminan 1 700 metr kvadrat qismi buzilib, yerga qulab tushgan;
  • kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydalanilgan;
  • buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan;
  • kurash zali binosi 1999 yilda qurilgan.

Tom qulashi oqibatida kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.

Aytish joizki, kecha, 7 may kuni ushbu majmua tomi qulagani aks etgan videolar tarqashni boshlagani zahoti QALAMPIR.UZ jurnalisti Favqulodda vaziyatlar vazirligiga bog‘lanib, holat yuzasidan ma’lumot berishini so‘ragan. Biroq vazirlik matbuot kotibi hozir javob beraman degan-u, yo‘qolib qolgan. 

Bunday holatlar FVV bilan birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q.   QALAMPIR.UZ'ning shu kabi bir necha so‘rovlari shunchaki so‘roq ostida qolib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing