Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryoda maktab o‘quvchisining zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochishni rad etish to‘g‘risidagi Termiz shahar IIB qarori shahar prokurori tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Termiz shahar IIB Tergov guruhiga yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 11 aprel kuni mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni senator Farhod Boqiyev Senat rasmiy saytida maqola chop etib, termizlik ota-ona murojaati haqida ma’lum qilgandi. Unda ta’kidlanishicha, jabrlanuvchining ota-onasi Termiz shahar IIO FMBga ariza bilan bir necha marta murojaat qilganiga qaramay, B.E.ga nisbatan qariyb 14 oydan beri jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay kelinmoqda – mas’ullar yuzaki o‘rganishlar bilan cheklangan va ishni bosti-bosti qilib kelgan.

Qizning yaqinlari Termiz shahar IIO FMBda B.E.ning do‘stlari ishlashi sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotganini aytgan. Bu organdan umidini uzgan ota-ona "so‘nggi chora sifatida" Senatga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing