Termizda qo‘shmachi ayol va uning mijoziga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
21 noyabr 2021
13027Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida qo‘shmachilik qilgan ayol va uning mijoziga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 13:00 larda, shaharning A.Jomiy mahallasida yashovchi, S.S. (ayol) tanishi Termiz tumanida yashovchi, K.S.ning 18 yoshga to‘lmaganligini oldindan bila turib, 20 000 so‘m evaziga S.S. (erkak) bilan jinsiy aloqa qilishi uchun yashash uyida sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilgani aniqlangan.
Joriy yilning 3 noyabr kuni S.S.ga (ayol) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi “a” bandi va S.S.ga (erkak) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi