Termizda qoidabuzar YPX xodimiga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
30 yanvar 2021
5322Joriy yilning 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda YPX xodimi qoida buzgani aks etgan video tarqaldi. Qoidabuzar YPX xodimiga chora ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan birida, viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli, 75 203 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili to‘xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan holda yo‘lning qatnov qismiga to‘xtagani aks etgan.
Mazkur Mercedes-Benz rusumli, 75 203 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodim Sh.T. ga nisbatan to‘xtash qoidalarini buzgani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi