Termiz shahrining sobiq hokimi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
21 Oktabr 2022
20424Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudoyberdiyev va yana bir qancha mansabdor shaxslar 5 ta holat bo‘yicha davlatga 19,7 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur shaxslarning harakatlarida Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar aniqlangan.
Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudayberdiyev va bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
LiveBarchasi