“Termiz” xalqaro aeroporti yana ochildi

Jamiyat

image

Kecha, 26 dekabr kuni ta’mirdan chiqqan "Termiz" xalqaro aeroporti birinchi reysni qabul qildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent —   Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yo‘lovchilar bilan Termiz aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Aeroport 55 kunlik tanaffusdan so‘ng yana ochildi. 

Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4Ye toifali aerodrom majmuasi qurilgan. Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlari o‘rnatilgan. Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard so‘mga baholanmoqda.  Ayni paytda 377 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yo‘lagi 2023 yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 1 noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yo‘naltirilib kelingan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing