Tergovchilarga nisbatan jinoyat ishi endi bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atiladi

Jamiyat

image

Biroz oldin, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida ma’lum qilgan edik.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun “Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining daxlsizligi” номли 34-1-moddasi bilan to‘ldirildi.

Ushbu moddaga muvofiq, endilikda Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan жиноят ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo‘linmalari rahbarlariga va boshlig‘iga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh Prokuror

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing