Tergov va sudda yarashuv institutini qo‘llash mexanizmi qayta ko‘rib chiqildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda 

Ushbu hujjatda amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buzish holatlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.  

Bundan tashqari, tergov sifatini xalqaro standartlar asosida tubdan oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilangan.

Farmon bilan, yarashuv institutini qo‘llash mexanizmi takomillashtirilmoqda. Unga ko‘ra, shaxsga nisbatan tergov davrida e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat’i nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.

Farmonning to‘liq tafsilotlari bilan kelgusi materiallarda tanishishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Yarashuv instituti

Baholaganlar

57

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar