Teraktdan keyin Moskvada ahvol qanday? (foto)

Olam

image

Moskvadagi “Krokus Siti Holl” konsert zalidagi teraktdan so‘ng dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi, poytaxtda ayrim savdo markazlari va muassasalar yopildi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

“Qizil maydon har tomondan tashrif buyuruvchilar uchun yopiq edi. Siz u yerga Manejnaya maydoni yoki Nikolskaya ko‘chasi orqali borolmaysiz”, deydi vaziyatni yoritish uchun borgan “MSK1.RU” muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qizil maydon yaqinida o‘nga yaqin politsiyachi navbatchilik qilmoqda.

Shuningdek, Moskva Transport departamenti metroda yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Federal havo transporti agentligi Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Moskvadagi turar-joy binolarini boshqarish kompaniyalari aholiga hushyor bo‘lish zarurligi haqida xabar berishni boshlagan. Xususan, “UK Median” nashri turar-joy majmualaridan birining Telegram-kanalida qo‘riqlash xizmati kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgani, aholi ehtiyot bo‘lishlari, begona narsalar va shubhali shaxslarga yaqinlashmaslik kerakligi haqida xabar e’lon qildi.

Ta’lim va fan vazirligi universitetlarga dam olish kunlari ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslikni va shanba kuni talabalarni masofaviy ta’limga o‘tkazishni tavsiya qildi.

Moskvadagi teatrlar va muzeylar favqulodda holat tufayli 23 va 24 mart kunlari ishlamasligini ma’lum qildi. Tretyakov galereyasi, Pushkin muzeyi va Tarix muzeyi yopilganini e’lon qildi.

Moskvadan tashqari, Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Shimoli-g‘arbiy federal okrugning boshqa hududlarida sodir bo‘lgan fojia fonida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Xususan, Sankt-Peterburgda ushbu voqeadan so‘ng savdo markazlari, restoranlar va konsert maskanlariga tashrif buyuruvchilar evakuatsiya qilina boshladi, dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing