Ter Shtegen “Ayaks”ga o‘tdi – Romano
Sport
−
03 iyul 629 1 daqiqa
“Barselona” jamoasining germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Niderlandiyaning “Ayaks” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoga ko‘ra, “Barselona”, “Ayaks” va futbolchining vakillari o‘rtasida transfer shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi. Kelishuvga ko‘ra, Mark-Andre ter Shtegen 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar ijara asosida “Ayaks” safida to‘p suradi. Shuningdek, darvozabonning maoshining asosiy qismi Amsterdam klubi tomonidan qoplanadi.
Mark-Andre ter Shtegenning “Barselona”da muntazam o‘ynash imkoniyati deyarli qolmagan. Chunki Joan Garsiya Kataloniya klubining asosiy darvozaboni sifatida ko‘rilmoqda. Shu bois germaniyalik posbon faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishni talagan.
Ma’lumot uchun, Mark-Andre ter Shtegen o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Ispaniyaning boshqa bir klubi — “Jirona” safida ijara asosida o‘tkazgan edi. U jamoa tarkibida La Ligada atigi ikki uchrashuvda maydonga tushgan. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Live
Barchasi