Tennis: US Open’ning finalchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning eng so‘nggi musobaqasi hisoblangan US Open’da final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich ikkinchi pog‘onada borayotgan Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.

Yarim finalda serbiyalik Novak Jokovich germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi bahs olib bordi. 3 soat 35 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak Jokovich 4:6, 6:2, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu tennischilar so‘nggi marta Tokio Olimpiadasining yarim finalida to‘qnash kelgan va Zverev g‘alaba qozongan edi.

Musobaqaning ikkinchi finalchisi rossiyalik Daniil Medvedev va kanadalik Feliks Oje-Alyassim o‘rtasidagi bellashuvda aniqlandi. Unda rossiyalik tennisichi 6:4, 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi Medvedev 2020 yilgi US Open musobaqasida ham finalga qadar yetib borgan va avtriyalik Dominik Timga imkoniyatni boy bergandi. 

Shu tariqa, AQSH ochiq chempionatining finalida Novak Jokovich va Daniil Medvedev o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi. Agar serbiyalik tennischi g‘alaba qozonsa, mavsumdagi barcha “Katta dubulg‘a” musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Bunga qadar Avstraliyalik Royd Leyver 1969 yilgi mavsumda to‘rtta nufuzli turnirda ham g‘olib bo‘lgan. Shundan so‘ng, hech bir tennischi bunday natijaga erisha olmagan.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 57 million dollardan ziyod musobaqaning g‘olibi 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

US Open Nrvak Jokovich Daniil Medvedev

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing