Tennis: “Uimbldon” sensatsiyalarsiz o‘tmoqda. Endi Marrey ancha ter to‘kdi

Sport

image

Joriy yilning 28 iyun kuni London shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turniri start oldi.  Kecha, 30 iyun kuni markaziy kortda chempionlik uchun asosiy da’vogarlar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Ikki karra Uimbldon g‘olibi, britaniyalik Endi Marrey “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi musobaqaning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. U germaniyalik Oskar Otteni qiyinchilik bilan 6:3, 4:6, 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 3 soat 50 daqiqa davom etdi.

Marrey yettita eysni amalga oshirdi, qo‘sh xato qilmadi va 11 ta breykning 6 tasidan foydalandi. Otte 14 marta eys, to‘qqiz marta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 4 ta breykdan foydalandi.

“Uimbldon”ning 1/8 finaliga chiqish uchun Marrey uchinchi raundga bellashuvsiz yetib kelgan Kanada vakili Denis Shapovalov bilan o‘yin o‘tkazadi, chunki uning raqibi ispaniyalik Pablo Anduxar o‘yin oldidan qovurg‘asidan olgan jarohati tufayli musobaqani tark etdi.

Bugun, 1 iyul kuni mavsumning uchinchi yirik turnirining to‘rtinchi kuni. Ayollar va erkaklar yakkalik bahslarida ikkinchi davra uchrashuvlarini o‘tkazadilar, shuningdek juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

“Uimbldon”. 2021 yil 1iyul, payshanba. Markaziy kortda 17:30 dan so‘ng boshlanadigan uchrashuvlar:

Eshli Barti (Avstraliya, 1) – Anna Blinkova (Rossiya)

Elena Vesnina (Rossiya) – Kori Goff (AQSH, 20)

Rojer Federer (Shveysariya, 6) – Rishar Gaske (Fransiya)

1-kortda 17:30 dan so‘ng boshlanadigan uchrashuvlar:

Aleks Bolt (Avstraliya) – Kameron Norri (Buyuk Britaniya, 29)

Karlos Alkaras (Ispaniya) – Daniil Medvedev (Rossiya, 2)

Viktoriya Azarenko (Belorus, 12) – Sorana Kirstiya (Ruminiya)

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing