Ten Xag “Yunayted”ga kerakli bo‘lgan narsani aytdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag “Liverpul”ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jamoasining o‘yinidan qoniqqanini va har bir uchrashuvda shunday o‘ynash kerakligi haqida gapirdi. 

Shuningdek, ten Xag Ronaldu va Maguayrni “ajoyib o‘yinchilar”, deya atab, kelajakda ular “Manchester Yunayted”ga yordam berishiga umid bildirdi.

“Bu hali boshlanishi. Biz ancha sovuqqon va xavfli o‘ynay olamiz. Kechagidek bir jamoa bo‘lishimiz mumkin. O‘z ruhimizni ko‘rsatish qo‘limizdan keladi. Rashford va Sancho gol urganidan xursandman. Fernandesh boshqaruvni o‘z zimmasiga oldi. Sardorlik bog‘ichi uni ruhlantirdi. U Varan kabi yetakchilik fazilatlarini namoyon etdi. Ular o‘yinga katta ta’sir ko‘rsatishdi. Bizga esa ko‘proq yetakchilar kerak. Ular g‘alaba qozonishimiz uchun muhim. O‘yinimizdan qoniqish hosil qildim, lekin har bir uchrashuvda shunday o‘ynash zarur. Nafaqat “Liverpul”ga qarshi o‘yinlar, balki Premer ligadagi har bir o‘yin qiyin va har doim o‘z fazilatlaringizni ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi.

Bizda yana 50-60 ta o‘yin bor. Har bir uchrashuvga alohida yondashuv bilan tarkib tanlaymiz. Maguayr va Ronaldu haqida yana gapirishim shart emas. Ikkisi ham ajoyib o‘yinchilar va ular kelajakda “Yunayted” g‘alabalariga o‘z hissalarini qo‘shadi. Bizda kerakli tarkib bor, bunga ishonchim komil. Ammo transfer oynasi hali yopilmagan. Biz nafaqat son, balki futbolchilarning sifatini ham yodda tutishimiz kerak”, degan “qizil iblislar” ustozi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer ligasining 3 turi doirasida “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin “qizil iblislar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Erik ten Xag “Liverpul'” “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing