Telegram orqali ishlagan 44 nafar “zakladchik” qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Samarqandda Telegram orqali faoliyat yuritgan yashirin narkotarmoq fosh etildi. Tezkor tadbirlar davomida 44 nafar shaxs qo‘lga olinib, 1500 dozaga teng mefedronning tarqalishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Oqdaryo, Samarqand, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari, shuningdek Samarqand shahri hududlarida Telegram orqali faoliyat yuritgan narkotik savdosi bilan bog‘liq kanal va botlar aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu tarmoq orqali sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan. Bunda 21 ta yashirin joydan 1500 dozaga teng mefedron moddasi aniqlanib, uning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Telegram orqali giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing