Telegram'da o‘zidan katta ayolning behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit ushlandi
3-sahifa
−
17 dekabr 2023
11815Telegram messenjerida 26 yoshli ayolning behayo rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi.
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli (ayol) F.N. ariza bilan murojaat qilib, Telegram'da “Ravshan” nomli profil egasi, F.N.ning turli foto-suratlari va behayo tasvirlarini internet orqali tarqatish bilan qo‘rqitgan. Ayol u rasmlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 22 yoshli V.Ye. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan V.Ye. jabrlanuvchi ayolga Telegram
orqali o‘zini “Ravshan” deb tanishtirib, uni yaxshi ko‘rib qolganini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uni ishonchiga kirgan. U ayolning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga 3 million so‘m pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, V.Ye.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
LiveBarchasi