Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi

Jamiyat

image

Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun  2024 yil 1 oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi. 

Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2 oktyabr)

Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2 oktyabr)

Ma’lumot uchun, Eron kecha, 1 oktyabr kuni kechqurun Isroilni yirik raketa hujumiga uchratdi. SAXAL isroilliklarni Eron raketalarini uchirayotgani haqida ogohlantirdi.

U mamlakat aholisini “hushyor bo‘lishga va orqa qo‘mondonlik ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishga” chaqirdi. Isroil bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Mamlakat ustidagi havo hududi yopildi.

Bu hujumni tarixdagi eng yirik hujum deb atagan Isroilning "The Jerusalem Post" gazetasiga ko‘ra, Isroilga jami 500 ga yaqin raketa uchirilgan. Ushbu ma’lumotlar hali rasman o‘z tasdig‘ini topmagan.

Isroil bu raketa hujumiga “og‘riqli javob” berishga va’da berdi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi tomonidan Isroil davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Tel'-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar