“Tekin bo‘lsa toshni yut”. Toshkentda bepul kiyim uchun “jang” bo‘ldi
3-sahifa
−
06 yanvar
16285Ijtimoiy tarmoqlarda bepul kiyim-kechak olishga kelgan fuqarolar tomonidan yuzaga keltirilgan tartibsizliklar aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 4 yanvar kuni Yunusobod tumanida joylashgan savdo do‘konlaridan birida erkaklar uchun 300 dona qishki palto mahsulotlari tekinga tarqatilishi rejalashtirilib, bu xabar “Tekinga palto 300 dona” deb nomlangan sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Oqibatda ko‘plab fuqarolar ushbu do‘konga tashrif buyurgan va do‘kon oldida tartibsizliklar yuzaga kelgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari aralashuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan, hech kim jarohatlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida savdo do‘koni rahbari 1999 yilda tug‘ilgan S.I.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-1-moddasiga (“Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish”) asosan, ushbu do‘konning 9 nafar ishchilariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan S.I.ga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, 9 nafar fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi