Texasda o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
28 fevral
2937AQSHning Texas shtatida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat joriy qilindi. Bu haqda shtat gubernatori Greg Ebbott bayonot berdi.
Yong‘in 240 ming gektar maydonni qamrab olgan. Shtatning shimoli-g‘arbiy qismidagi Panhandl shahrida 5 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.Rasmiylarga ko‘ra, yong‘inning tez tarqalishiga soatiga 64-96 kilometr tezlikda esib turgan kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Ko‘plab magistral yo‘llarda ko‘rish imkoniyatini yomonlashtirgan tutun tufayli transport harakati to‘sib qo‘yilgan.
Texasdagi yadroviy qurol ishlab chiqaruvchi Pantex zavodi mintaqada o‘rmon yong‘inlari soni ortib borayotgani sababli o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
“Pantex zavodi ishi to‘xtatildi. Barcha qurollar va maxsus materiallar xavfsiz va yetib bo‘lmaydigan joyda”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Ma’lumot uchun, Texasdagi o‘rmon yong‘inlari 26 fevraldan beri davom etmoqda.
LiveBarchasi