Texas shtati Bayden ma’muriyatini sudga berdi

Olam

image

Texas bosh prokurori Ken Pakston AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini AQSHga kirishni soddalashtirish va noqonuniy migratsiyani rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan CBP One ilovasidan foydalanganlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bayden ma’muriyati ushbu telefon ilovasini ataylab ko‘proq xorijliklarni mamlakatga noqonuniy ravishda kiritish uchun ishlab chiqdi, ular kelganlarida xohlagan joyiga borishlari mumkin”, degan Pakston.

Shuningdek, u CBP One chegara nazorati qoidalarini chetlab o‘tish uchun ishlatilishini ta’kidlagan. 

“Bayden Chegara agentligi noqonuniy muhojirning deportatsiya qilinishiga to‘sqinlik qiladigan istisnoga mos kelishi mumkinligini tekshirmaydi”, deydi bosh prokuror.

Da’voning yakuniy maqsadi Bayden ma’muriyatini ko‘rsatilgan ariza orqali Lotin Amerikasi mamlakatlari fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishiga ruxsat berish imkoniyatidan mahrum qilish va buning natijasida AQSH-Meksika chegarasida migratsiya tarangligini kamaytirishdir.

Ma’lumot uchun, CBP One – bu iOS va Android uchun mobil ilova bo‘lib, u foydalanuvchisiga mustaqil ravishda (fondlar, cherkovlar va advokatlarsiz) bepul va qonuniy tarzda AQSH chegarasini kesib o‘tish va Chegara xizmati xodimlari bilan uchrashuv belgilash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Texas Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing