Tehrondan da’vo: Erondagi namoyishlarning tashkilotchisi – AQSH
Olam
−
23 Sentabr 2022
13475Eronda boshlangan tartibsizliklar Qo‘shma Shtatlardan ilhomlantirilgan va odamlar e’tiborini mamlakatning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirishidan chalg‘itish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Tehrondagi juma namozining vaqtinchalik imom-xatibi Oyatulloh Sayyid Ahmad Xotamiyning xutbasida aytib o‘tdi. Eron Islom Respublikasida juma namoziga imomlik qilish huquqiga faqat eng yuqori shia ruhoniylarining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari ega. Gap 22 yoshli Mahsa Aminining o‘limidan keyin ro‘y bergan tartibsizliklar haqida ketmoqda.
“Dushmanlar SHHTga a’zo bo‘lish borasidagi muvaffaqiyatlarimizga so‘nggi tartibsizliklar bilan soya solib qo‘yishni xohlashdi. AQSHning nafratlangan Prezidenti bu tartibsizliklarga boshchilik qilib, ularni BMT minbaridan turib chaqirmoqda”, deydi imom.
“Tasnim” agentligining juma kuni politsiya vakiliga tayanib xabar berishicha, birgina Eron shimolidagi G‘ilon viloyatida 211 nafar tartibsizliklar qo‘lga olingan, ulardan qurol va o‘qotar qurollar musodara qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda.Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.
Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘tgan hafta hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.
LiveBarchasi