TDTUda yollanma ishchi maoshini ololmagani uchun o‘zini 5-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
15 fevral 2022
6408Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmagani sabab o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga uringani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 11:50 larda Toshkent davlat texnika universitetining rekonstruksiya ishlari yakunlanayotgan A-blokida qurilish tashkilotining yollanma ishchisi binoning tom qismiga chiqib, bajargan ishlari evaziga ish xaqini olmaganligi uchun mas’ullarga shart qo‘ygan.
Ushbu holat bo‘yicha qurilish tashkiloti rahbarlariga va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga zudlik bilan xabar berilgan. Shundan so‘ng fuqaro bilan gaplashilib, unga qurilish tashkiloti tomonidan ish haqi to‘lab berilishi ta’minlangan.
Universitet Matbuot xizmati ham holatga munosabat bildirgan.
“Ushbu xabarga asosan voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari fuqaro bilan suhbatlashib, yuzaga kelgan nizoli masalani qonuniy tartibda hal qilishga kirishdi hamda qurilish tashkiloti tomonidan ish haqi to‘lab berildi. Shundan so‘ng fuqaro o‘z hohishi bilan tomdan tushdi. Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi universitet Matbuot xizmati bergan izohda.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaroning oliy ta’lim muassasasiga aloqasi yo‘q va universitet xodimi emas.
LiveBarchasi