TDPU o‘qituvchisi firibgarlik uchun qo‘lga olindi
Jamiyat
−
15 oktabr 2019 9793 1 daqiqa
Toshkentda abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun “ko‘k”ida olgan firibgar o‘qituvchi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi J.U. fuqaro X.Ya.ni Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust