TDAUning Nukus filiali negizida yangi OTM tashkil etildi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 275-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.

Bu oliygoh Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tuzildi.

Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etilib, unda haftada besh kunlik o‘qish va haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlangan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

agrar universiteti

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar