TBC Bank Uzbekistan qo‘shimcha $35,1 million sarmoyaga ega bo‘ldi

Biznes

image

2022 yil 8 avgust kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Jahon banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va TBC Bank Group PLC kompaniyasi TBC Bank Uzbekistan'ga (TBC UZ) umumiy miqdorda 35,1 million dollar qo‘shimcha sarmoya kiritdi. TBC Bank Uzbekistan Gruziyaning yirik TBC Bank Group PLC xolding kompaniyasining sho‘’ba korxonasi hisoblanadi. TBC Bank Group PLC Angliya va Uels ro‘yxatda, kompaniyaning aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadi.

Ushbu kapital oshirilishi 2021 yil 30 sentyabrda TBC UZ, TBC Bank Group PLC, EBRD va IFC o‘rtasida imzolangan investitsion kelishuv doirasida ko‘p yillik moliyalashtirish rejasining bir qismi hisoblanadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, ikki institutsional investorning (YeTTB va XMK) har biri TBC UZ'da 20 foizdan ulushlarni qo‘lga kiritgan edi.

Ilk badal miqdori 18,8 million AQSH dollarini tashkil etdi, shu bilan birga, TBC Bank Group PLC 25,9 million dollarni investitsiya qildi.

Ikkinchi sarmoya doirasida YeTTB va XMK har biri 7 million dollardan, TBC Bank Group PLC esa 21,1 million dollardan jalb qildi. Natijada TBC UZ'ga jami 79,8 million dollar investitsiya qilindi.

TBC Bank 2020 yilning oktyabr oyida tijoriy faoliyatini boshladi. Bank Bank TBC Group'ga tegishli va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi “Space” platformasining innovatsion fin-tech bazasida faoliyat yuritadi. 2022 yilning iyuliga kelib TBC UZ ilovasini 2,4 million kishi yuklab oldi. Ayni payt TBC UZ respublikaning 9 ta shahridagi shou-rumlari va butun mamlakat bo‘ylab 33 ta “mijozlarni faollashtirish nuqtalari” orqali bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

TBC UZ chakana foydalanuvchilarga onlayn formatda: pul o‘tkazish, kredit, avtokredit, depozit, muddatli to‘lov, bank kartalari va hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lov qilish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Barcha imkoniyatlardan TBC UZ ilovasida foydalanish mumkin.

Spartak Tetrashvili, TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi buni shunday izohladi: 

“Umid qilamizki, ushbu sarmoyalar nafaqat bankimizning rivojiga, balki butun mamlakatning raqamli sohasi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Biz xalqaro investorlar uchun O‘zbekistonning jozibadorligi kundan-kunga oshib borayotganiga o‘z misolimizda amin bo‘lmoqdamiz. Respublika Markaziy banki tomonidan o‘tkazilayotgan reformalar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi imkoniyatlar va sarmoyalar bizga mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga va foydalanuvchilar uchun innovatsion raqamli xizmatlar taqdim etishga yordam beradi”.

Kassandra Kolbert, XMKning Markaziy Osiyo bo‘yicha katta menejeri: 

“Biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanayotganidan va texnologik innovatsiyalarga asoslangan bank xizmatlarining kengayishini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu investitsiyalar jo‘shqin, samarali va mustahkam kapitalizatsiya qilingan xususiy bank sektorini yaratish bo‘yicha O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bizning strategiyamizga mos keladi”.

TBC PLC haqida

TBC Bank Group mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya hisoblanadi. TBC va uning sho‘ba kompaniyalari 38,1 foiz mijozlar krediti va 37,8 foiz mijozlar depoziti umumiy ulushi bilan Gruziya bozoridagi yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. TBC chakana xizmatlar, korporativ va mikro, kichik va o‘rta korxonalarni o‘z ichiga olgan biznesning barcha asosiy yo‘nalishlarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kompaniyaning moliyaviy xizmatlari an’anaviy bank takliflarini, shuningdek, sohadagi ilg‘or yechimlarni o‘z ichiga oladi.

XMK haqida

XMK – Jahon banki guruhining a’zosi, faoliyati rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish instituti. Ushbu korporatsiya dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritib, o‘z kapitali, tajribasi va nufuzini rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun sarflaydi. Qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, www.ifc.org saytiga tashrif buyuring.

YeTTB haqida

YeTTB uchta qit’aning 38 mamlakatida xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirishga ko‘maklashib kelayotgan xalqaro moliyaviy tashkilot. Ushbu bank 71 ta davlatga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsion bankiga tegishli. YeTTBning sarmoyalari mamlakatlar iqtisodiyotini raqobatbardosh, inklyuziv, oson boshqariladigan, ekologik jihatdan toza va barqaror qilishga qaratilgan. Bugungi kunga kelib YeTTB tomonidan O‘zbekistondagi 111 ta loyihaga 3,38 milliard yevro jalb qilindi.

Call center: 24/7: 1150

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring tbcbank.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing