Tayvanda kutilayotgan to‘fon sabab 3 ming kishi evakuatsiya qilindi

Olam

image

Tayvan hukumati Fung-Vong to‘foni kelishi oldidan 3 mingdan ortiq odamni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fung-Vong Filippin orollari orqali kelgan va 12 noyabr kuni Tayvanning janubiy-g‘arbiy sohillari, xususan Gaosyun shahriga yetishi kutilmoqda. Keyinchalik to‘fon Tayvanning janubiy qismini kesib o‘tib, kam aholi yashovchi sharqiy tumanlar — Taydun va Xualyan qirg‘oqlari bo‘ylab Tinch okeaniga chiqishi prognoz qilinmoqda.

Tayvan yetakchisi Lay Ching-te Facebook tarmog‘idagi sahifasida odamlarni tog‘larga chiqmaslik, qirg‘oqqa va boshqa xavfli hududlarga bormaslikka chaqirdi. Iyun oyida Xualyan shahrida ilgari to‘fon sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan edi.

Hukumat Guangfu shahrida evakuatsiya tartibini joriy qilgan va umumiy hisobda 4 tuman va shahar hududida 3337 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. Xualyan va qo‘shni Yilan tumanlarida maktablar va idoralar vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karib dengizida so‘nggi 150 yil ichidagi eng kuchli to‘fon ko‘tarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing