Tayvanda 13 qavatli bino yonib ketdi. 46 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam 14 Oktabr 2021 15:12
3418
-
Bugun, 14 oktyabr kuni Tayvan janubida joylashgan Gaosyun shahridagi 13 qavatli turar-joy va savdo binosi yonib ketdi. Oqibatda 46 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasi bergan ma’lumotlarga asoslanib BBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish uchun to‘rt soatdan ko‘proq vaqt sarflagan. Jabrlanganlardan 79 nafari shifoxonaga olib borilgan. Ulardan 14 nafarining ahvoli og‘ir.
Ayni vaqtda yong‘in nimadan kelib chiqqani aniq emas.
Rasmiylar turar-joy binosining yettinchi va o‘n birinchi qavatlari o‘rtasida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.