Tayvan ruslar uchun maxsus vizasiz dasturni to‘xtatdi

Olam

image
Shveysariya Rossiyaga vizalar bo‘yicha yana bir “zarba” berdi north_east

Shveysariya Rossiyaga vizalar bo‘yicha yana bir “zarba” berdi

Tayvan hukumati Rossiyani 2018 yilda tajriba asosida kiritilgan maxsus vizasiz dasturdan chiqarib tashladi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, rossiyaliklar uchun vizasiz rejim 31 iyul kuni tugagan va shundan beri uzaytirilmagan. Biroq, pandemiya boshlanganidan beri, koronavirus sababli kiritilgan kirish cheklovlari tufayli u amalda qo‘llanilmagan.

Tayvan 2020 yilning mart oyidan beri COVID-19 tarqalishi fonida barcha chet elliklar uchun vizasiz imtiyozlarni to‘xtatgan. 12 sentyabrdan boshlab orol AQSH, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi aholisi uchun vizasiz kirishni qayta ochdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvan hukumati Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini qoralab, G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Tayvan rossiyaliklar uchun vizasiz rejimni 2018 yilda tajriba asosida joriy qilgan edi. Rossiya fuqarolariga orolda 14 kungacha vizasiz qolishga ruxsat berildi. Bunday qoidalar turizm maqsadidagi sayohatlarga, ishbilarmonlik tadbirlarida, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish, qarindoshlarni ziyorat qilish uchun qo‘llaniladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing