Shveysariya Rossiyaga vizalar bo‘yicha yana bir “zarba” berdi

Olam

image

Shveysariya rossiyaliklar uchun vizalar berishning soddalashtirilgan tartibini butunlay to‘xtatdi. Bu haqda Shveysariya Federal kengashi ma’lum qildi.

"Federal kengash 2022 yil 16 sentyabrdagi yig‘ilishida Shveysariya Rossiya bilan tuzgan vizalarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi kelishuvni butunlay to‘xtatib turishga qaror qildi", deyiladi hukumat bayonotida.

Federal kengash shu munosabat bilan Shveysariya vizasini olishni xohlovchi Rossiya fuqarolari yana oddiy tartibni bajarishi kerakligini tushuntirgan.

Shuningdek, bayonotda hukumat avvalroq rossiyaliklarning ayrim toifalari, xususan, tadbirkorlar uchun vizalar berishning yengillashtirilgan tartibini to‘xtatib qo‘yganini eslatgan.

Bundan tashqari, rossiyalik diplomatlarga nisbatan qo‘llaniladigan viza qoidalaridan ozod qilishlar ham bekor qilindi. Hukumat bayonotida Rossiya fuqarolariga vizalar berishning soddalashtirilgan tartibini bekor qilish vizalar berishni butunlay taqiqlash degani emasligi ta’kidlangan. Ya’ni, bundan buyon ushbu sohada odatiy tartib yana kuchga kiradi

Ma’lumot o‘rnida, Shveysariya va Rossiya o‘rtasida viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv 2009 yilda imzolangan. Unda fuqarolarning ayrim toifalari uchun viza berishning soddalashtirilgan tartibi, shuningdek, tegishli to‘lovni kamaytirish yoki butunlay bekor qilish nazarda tutilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing