Tayvan Xitoydan himoyalanish uchun AQSHdan mingta dron oladi – “Bloomberg”
Olam
−
29 Oktabr
2790Tayvan Mudofaa vazirligi AQSH hukumati bilan Xitoyning mumkin bo‘lgan hujumini oldini olish maqsadida mingta jangovar dron sotib olishga imkon beruvchi kelishuv imzoladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, joriy yil sentyabr oxirida Tayvan “Taklif va qabul qilish xati”ni imzolagan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hujjat shartnomadan oldin imzolanadi va unda miqdor, narx hamda yetkazib berish muddatlari ko‘rsatiladi. Rasmiy shartnomalar esa tez orada imzolanishi kutilmoqda. AQSH Davlat departamenti vaziyat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tayvan dronlarni AeroVironment va Anduril Industries kompaniyalaridan olishni rejalashtirmoqda.
AQSH Demokratiyani himoya qilish fondi katta direktori, iste’fodagi vitse-admiral Mark Montgomeriga ko‘ra, Tayvan va AQSH Ukrainadagi jangovar harakatlardan muhim saboq olmoqda va bu bilimlarni kelgusidagi xaridlar uchun qo‘llayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy armiyasining Sharqiy harbiy qo‘mondonlik hududi rasmiy vakili Li Si Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Tayvan atrofida mashg‘ulotlar boshlaganini va ushbu amaliyot davomida Pekin yarimorolni qamal qilishni o‘rganayotganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi