Tayvan AQSHning qurboniga aylanishi mumkin – Xitoy
Olam
−
31 yanvar
7608Tayvan har qanday vaziyatda AQSH qo‘lidagi "piyoda" sifatida qurbon qilinishi mumkin. Buni bugun, 31 yanvar kuni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi rasmiy vakili Chen Binxua ma’lum qildi.
U AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Tayvan AQSHning yarimo‘tkazgich sanoatidagi biznesini tortib olgani haqida gapirganini eslatgan.
“AQSH har doim o‘zining “davlat manfaati birinchi” tamoyiliga amal qiladi, shuning uchun Tayvan istalgan vaqtda "piyoda" sifatida qurbon qilinishi mumkin”, deydi Chen Binxua Trampning bayonotlarini sharhlar ekan.
Ma’lumot uchun, Tayvan dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, ular keng ko‘lamli ilovalarda – avtomobillar va smartfonlardan tortib harbiy texnikagacha qo‘llaniladi. Tayvanning TSMC kompaniyasi dunyodagi eng yirik o‘tkazgich chiplari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Xitoy markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy aloqalar 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan bo‘lgan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tganidan so‘ng uzilgan.
Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980 yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990 yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar – Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Taybey bo‘g‘ozlari almashinuv fondi orqali aloqa o‘rnatishni boshlagan.
LiveBarchasi