Tayson va Pol face-to-face'da qatnashdi (video)
Sport
−
14 noyabr 2024
3914Professional ringdagi janglarilari bilan tanilgan amerikalik videobloger Jeyk Pol va o‘tmishning afsonaviy bokschisi 58 yoshli chempion Mayk Tayson o‘rtasidagi jang oldidan “nigohlar jangi” bo‘lib o‘tdi.
15 noyabr kuni Arlingtonda o‘tadigan boks oqshomida Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi jang bo‘ladi. Jang ikki daqiqadan 8 raund davom etadi.
Tayson profboksda 50 ta g‘alabaga ega bo‘lib, shundan 44 tasi nokaut va atigi 6 tasi mag‘lubiyatga uchragan. Jeyk Pol 11 ta jang o‘tkazib, 10 tasida g‘alaba qozongan va bittasida mag‘lub bo‘lgan.
Qayd etish joiz, Tayson 19 yil deganda yana professional jangda ishtirok etadi. Dastlab jang yozda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq “Temir” Maykning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘qnashuv noyabr oyiga qoldirildi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart