“Tavsiya va ishonch”. Shvetsiya nega o‘z hududida karantin e’lon qilmayapti?

Olam

image

Shvetsiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq deyarli 4 500 holat ro‘yxatga olingan. Biroq hukumat mamlakatda hamon karantin rejimini joriy etmadi. Rasmiy Stokgolm koronavirusga qarshi kurashda nega aynan shu yo‘lni tanladi? Bu haqda Karlstad universiteti professori Finn Nilson o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shvetsiyadagi koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar hozirda Yevropada eng yumshog‘i hisoblanadi. Bolalar bog‘chalari, maktablar, restoranlar va sport zallari hali ham ochiq. Faqat jamoat joylarida odamlarning to‘planishi 50 nafardan oshmasligi kerak. Universitet va litseylar masofaviy ta’limga o‘tdi. Xodimlarni masofaviy ishga o‘tkazish, ORVIning har qanday alomatlarida uyda qolish va keksa yoshdagi qarindoshlarni ziyorat qilmaslik — bularning barchasi tavsiyaviy xarakterga ega ko‘rsatmalardir.

"Shvetsiyadagi ushbu chora-tadbirlar qo‘shni mamlakatlar bilan solishtirganda, albatta, noyob ko‘rinadi. Hozirgi kunda hukumat tomonidan qo‘llanilayotgan "tavsiya va ishonch" usuli davlatimiz va bir-birimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizga asoslanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, har bir fuqaro mamlakat uchun eng yaxshisini o‘zi tanlaydi.  Biz hozir epidemiyaning dastlabki bosqichidamiz va bu usulning samaradorligi haqida gapirishga hali juda erta", deydi Nilson.

Daniya va Norvegiya ikki hafta oldin chegara va jamoat joylari yopilishini e’lon qilganidan so‘ng, shvedlar o‘z hukumatidan ham xuddi shunday harakatni kutgan edi. Stokgolm ko‘chalari bo‘shab qoldi. Ammo mamlakatda karantin e’lon qilinmagach, shaharga asta-sekin hayot kira boshladi.

“Yagona shaxs uchun COVID-19 xavfi juda past. Uning oqibatlari butun jamiyat miqyosida juda seziladi. Shuning uchun tavsiyalarga amal qilishga rag‘bat u qadar kuchli emas. Ammo o‘lim darajasi boshqa Skandinaviya mamlakatlariga nisbatan juda tez o‘sib bormoqda. Bu esa meni xavotirga soladi”, dedi mutaxassis.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga 5 568 nafar odam chalindi. 103 bemor shifo topgan bo‘lsa, 308 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing