TATUda talabalar 300 mlnga tushib qolishi mumkin. Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
03 fevral 2022
24677Kecha, 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) mas’ullarining xatosi tufayli 1-semastr yakuniy imtihonlaridan yiqilgan talabalar universitet hisobiga 300 mln so‘mdan ortiq pul to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ayni vaqtda ushbu voqelik e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan.
Qayd etish kerak, TATUda ta’lim kredit tizimiga o‘tgan. Shuning uchun talabalar fanlardan yakuniy imtihonlarni qoniqarli topshira olmay, yiqilsa, pulini to‘lab qayta topshirishga ruxsat olishi lozim.
Talablarning murojaatida aytilishicha, universitetdagi tizim xatosi va savollarning haddan tashqari murakkabligi tufayli ko‘plab talabalar yiqilgan. Bundan barcha talabalar norozi bo‘lgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yordam so‘rab murojaat qilishgan. Talabalarning qayd etishicha, TATU mas’ullari ularning murojaatiga quloq solmagan.
“Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida mazkur masalani o‘rganish bo‘yicha mas’ullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi .Holat ishchi guruh tomonidan ob’ektiv va batafsil o‘rganiladi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumot vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha e’lon qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi