Tataristonga dron hujumi uyushtirildi (video)

Olam

image

Bugun, 2 aprel kuni Rossiyaning Tatariston respublikasi hududiga dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainada urush boshlangandan beri Tataristonga birinchi marta hujum qilgan uchuvchisiz samolyotlar Yelabuga va Nijnekamskdagi korxonalarga zarba berishga uringan.  

“Jiddiy zarar yo‘q, korxonalarning texnologik jarayoni buzilmagan. Yelabugada, afsuski, binolarning vayron bo‘lishi oqibatida qurbonlar bor. Ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deydi Tatariston raisi Rustam Minnixonov.

Hozirda barcha operativ xizmatlar ogohlantirish holatida. Rustam Minnixonov mahalliy aholini tashvishga berilmaslikka chaqirgan va bu jinoyatni sodir etganlar ataylab vahima ko‘tarishga urinayotganini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Tatariston Ukraina bilan chegaradan taxminan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan. U Rossiyaning sakkizta ma’muriy hududi – Chuvashiya, Mari El, Udmurtiya, Boshqirdiston, shuningdek, Kirov, Ulyanovsk, Orenburg va Samara viloyatlari bilan chegaradosh.

Eslatib o‘tamiz, 12 martga o‘tar kechasi Rossiyaning to‘qqiz viloyati rasmiylari dron hujumi haqida xabar bergan edi. Dronlar Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Leningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Oryol va Tula viloyatlariga hujum qildi. Nijniy Novgorod va Oryol viloyatlarida yonilg‘i quyish inshootlari hujumlar oqibatida zarar ko‘rgan. 13 martga o‘tar kechasi Rossiyaning besh viloyatiga dron hujumi uyushtirildi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina Tatariston dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing