Tataristonda dronlar hujumidan so‘ng neft stansiyasi yonib ketdi

Olam

image

Bugun, 23 fevral kuni tungi paytda Rossiyaning Almetevsk shahridagi (Tatariston) “Kaleykino” neft quvuri stansiyasida dronlar hujumi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Gordon” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy aholi yong‘indan oldin bir necha bor portlash ovozini eshitgan. Shundan so‘ng ob’ekt hududida katta yong‘in boshlangan.

“Kaleykino” neft quvur stansiyasi Almetevsk tumanida joylashgan “Transneft – Prikame” korxonasining eng yirik bosh stansiyasi hisoblanadi. Ob’ekt yirik transport markazi bo‘lib, G‘arbiy Sibir, Tatariston, Udmurtiya va Boshqirdiston hududlaridan turli sifatdagi neftni qabul qiladi va aralashtiradi. Shuningdek, uni rezervuarlarda saqlaydi hamda magistral neft quvurlari orqali, jumladan, Nijnekamsk neftni qayta ishlash zavodi va eksport yo‘nalishlariga uzatadi.

Rossiya rasmiylari tomonidan hali rasmiy izoh berilmagan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar ham aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Izmit shahridagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in neft' portlash Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing