Tatariston Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 22 mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Sputnik” Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rustam Minnixonovning amaliy tashrifi ikki kun — 22 va 23 mart kunlari davom etadi.

Rustam Minnixonov vazirlik va idoralarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, u bo‘lajak Chirchiq kimyo-sanoat texnoparkining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatidagi mazkur texnopark Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda qurilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing