Tatyana Karimova Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning sobiq birinchi xonimi Tatyana Karimova Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik xati yo‘lladi. Ushbu xat Prezidentning rasmiy sahifasiga joylandi.

Tatyana Karimova xatni o‘tgan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni va Islom Karimovni xotirlash marosimi sabab Mirziyoyevga minnatdorlik bildirish bilan boshlagan.

“Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi beqiyos sa’y-harakatlaringiz va fidoyiligingizni ta’kidlashni istardim. Sizning rahnamoligingizda mamlakatimizda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda: yorqin iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari, yoshlarimiz farovonligi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda”, deb yozgan Karimova.

Shuningdek, sobiq birinchi xonim Mirziyoyevga uning rahbarligi tufayli O‘zbekistonning rivojlanib borayotganidan faxrlanishini bildirgan. Mirziyoyevning 2 sentyabrda Karimovning qabriga borib gul qo‘yganini eslarkan, Islom Abdug‘aniyevich xotirasi uchun Karimovlar oilasi nomidan minnatdorlik izhor qilgan. 

“Hurmatli Shavkat Miromonovich – siz chinakam yo‘lboshchi va do‘stsiz. Sizning mehribonligingiz va yaxshi munosabatingiz qalbimizda abadiy qoladi”, degan so‘zlar bilan Karimova o‘z xatini yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Islom Karimov Tat'yana Karimova Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing