Dubay valiahdi O‘zbekistonda lochin bilan ov qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Shahzoda Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.

Hamdan ibn Muhammad boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi. Shahzoda Navoiydagi safari tasvirga tushirilgan videolavhani Twitter sahifasiga joyladi.

Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lochin ovi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing