Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
05 aprel 2023 6163 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jahongir Isomiddinovich Xidayxo‘jayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.
U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
Ma’lumot uchun, Jahongir Xidayxo‘jayev 1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, agentlik sobiq boshlig‘i Afzal Ermatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, hibsga olingan edi.
Live
Barchasi