Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni qabul qilishni boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tashqi ishlari vazirligi fuqarolarga konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni qayta tikladi. Bu haqda bugun, 18 may kuni vazirlik ma’lum qildi.

“Respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 2020-yil 18-maydan boshlab O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi“, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta’minlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yo‘lga qo‘yiladi.

Fuqarolarni qabul qilish 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston tashqi ishlari vazirligi

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar