Tashqi ishlar vazirligida Rossiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Jamiyat
−
07 mart 2019
4622Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish bilan bog‘liq ikki tomonlama dolzarb masalalar hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama etildi.