“Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda  “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024 yil birinchi mavsumi g‘oliblari rasman e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu mavsumda respublika bo‘ylab jami 35 575 ta taklif kelib tushgan, ulardan 2270 tasi g‘olib deb topilgan.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3,39 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Qiziltepa tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, 16 martdan "Tashabbusli byudjet"ning 2024 yil birinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlangandi. Loyihada g‘oliblar ro‘yxatini sayt orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, g‘oliblarga SMS xabar ham yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tashabbusli byudjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing