Taroveh namozi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Asosiy yopiladigan yo‘nalishlar quyidagilar:

  • Lutfiy ko‘chasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq bo‘ladi) Katta Qani ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha;
  • Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha;
  • Keles ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha;
  • Kamolon ko‘chasi Samarqand Darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
  • Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qani ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha;
  • Qoraqamish-3 ko‘chasi Qoraqamish-1 ko‘chasidan Keles йу́ли ko‘chasigacha.

Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing