Taroveh namozi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi qator yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Asosiy yopiladigan yo‘nalishlar quyidagilar:

•  Quddus Sharif masjidi bo‘yicha: Yangi Sergeli ko‘chasidan – Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab, Nilufar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Mirza Yusuf (Bodomzor) masjidi bo‘yicha: Bog‘ishamol ko‘chasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab  Qozi tarnov 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Shayx Zayniddin masjidi bo‘yicha:   Besh qayrag‘och ko‘chasidan-Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab, Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Novza masjidi bo‘yicha:  Muqimiy ko‘chasidan Bunyodkor mahalliy yo‘li bo‘ylab, Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ;

•  Islom ota masjidi bo‘yicha: Farg‘ona yo‘li 5-tor yo‘lidan Farg‘ona yo‘lining mahalliy yo‘li bo‘ylab, Olot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Yunusobod Oq tepa masjid bo‘yicha: Amir Temir shox ko‘chasidan  Chinobod ko‘chasi bo‘ylab, Darvoza kent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Fotimayi Zahro masjidi bo‘yicha: Nurafshon ko‘chasidan Oqtepa Majlisiy ko‘chasi bo‘ylab, Katta Oq tepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Bo‘ta buva masjidi bo‘yicha: Bunyodkor shox ko‘chasidan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab, Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Yakkasaroy masjidi: Shota Rustaveli ko‘chasidan Yakkasaroy ko‘chasi bo‘ylab, Bog‘ibo‘ston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•  Usmon Bin mahzun masjidi: Qushbegi ko‘chasidan KXAY bo‘ylab, Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ramazon oyi 2 aprel sanasidan boshlanadi. Masjidlarda esa taroveh namozi bugun, 1 apreldan o‘qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing