Tarmoqlarda 15 mlndan ortiq o‘zbekistonlikning ma’lumotlari tarqaldimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlaridan kamida 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani va Dark Web’ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, hozirda mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o‘z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Dark Web

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar