Tarkibi o‘simliklardan tashkil topgan “go‘sht” yaratildi (video)

Salomatlik

image

Sloveniyaning “Juicy Marbles” kompaniyasi o‘simliklardan iborat go‘sht mahsuloti tayyorladi. Bu haqda "MailOnline" nashri xabar berdi.

Go‘sht o‘rnida foydalanilishi kutilayotgan ushbu mahsulot 765 grammlik plita shakliga ega. Mahsulot narxi 45 yevro miqdorida belgilanishi aytilmoqda. Shuningdek, yetkazib berish xizmatini ham qo‘shganda umumiy xarajat miqdori 60 yevroga yetadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu “go‘sht” ham vegetarianlar, ham go‘sht iste’mol qiluvchilar uchun mo‘ljallangan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “go‘sht” tarkibi suv, soya va bug‘doy oqsili, kungaboqar yog‘i, lavlagi kukuni, xamirturush ekstrakti hamda B12 vitaminidan tashkil topgan.

Qayd etilishicha, mol go‘shti uslubida yaratilgan ushbu mahsulot bulonlar, sendvichlar, qovurdoqlar, velingtonlar va go‘sht bo‘laklari sifatida foydalanish uchun juda mos shaklda yaratilgan. 

Shuningdek, to‘liq pishganda ham go‘shtning ichki qismi qizil yoki pushti rangda bo‘ldi, chunki unga juda yaxshi ishlov berilgan bo‘lib, tolalari yupqa va haqiqiy go‘sht tuzilishiga juda yaqin.

Bir nechta raqib ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, ushbu go‘shtni tayyorlashda kompaniya 3D bosib chiqarishdan foydalanmaydi. Buning o‘rniga ular patent olishi kutilayotgan “Meat-o-Matic 9000” nomli maxfiy texnologiyadan foydalanadi. Bu texnologiya oqsillarni chiziqli tolalarga ajratib, qatlam ko‘rinishiga keltiradi.

Mahsulot o‘simliklarga asoslangan bo‘lishiga qaramay, haqiqiy go‘shtni eslatgani uchun ba’zi vegetarianlar uni iste’mol qilishni istamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing