Tarqalamiz! Namanganda o‘quvchi yutgan sovrin nima sababdan berilmagani aytildi
Jamiyat
−
22 yanvar 2022
20804Avvalroq, Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o‘quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqida videomurojaat tarqalgan edi. Unda, Respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Murodjon ismli o‘quvchiga berilgan noutbuk qaytarib olingani aytilgandi.
Bugun, 22 yanvar kuni o‘quvchining yana bir murojaati paydo bo‘ldi. Unda o‘qituvchilar sovrinni 24 yanvar kuni tantanali topshirishmoqchi bo‘lgani aytilgan.
“Biz sovrinni 24 yanvar kuni hamma o‘qishga kelganda, tantanali topshirishmoqchi edik. Sovg‘alarni o‘z o‘rnida topshirdik”, deydi o‘qituvchi.
Eslatib o‘tamiz, bu tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash bilan bog‘liq birinchi muammoli holat emas. Bundan oldin Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi maktablardan birining 8-sinf o‘quvchisi “Bir million dasturchi” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan Sardor Sattorov va’da qilingan yangi noutbuk o‘rniga eskisi bilan taqdirlangandi. O‘quvchi nohaqlikka uchraganini aytib, videomurojaat yo‘llashi ortidan bu masala ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Keyinroq IT-park tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq muammo bartaraf etilganini, unga yangi noutbuk sovg‘a qilinganini bildirdi.
O‘quvchiga nisbatan nohaqlik qilinishi ortidan Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov ishdan olindi. Nurobod tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan “hayfsan” berildi. Ammo oradan biroz o‘tib, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Navro‘zbek Jaloliddinov vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi